Koronavirusga qarshi emlangandan so‘ng niqob taqishni to‘xtatish mumkinmi?

Salomatlik

image

COVID-19ga qarshi emlangandan so‘ng, qancha vaqt o‘tgach himoya niqoblaridan foydalanishni to‘xtatsa bo‘ladi? Bu haqda Rossiyaning Gamaley markazi direktori Aleksandr Ginsburg ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, vaksinaning ikkinchi qismi qabul qilingandan keyin, 21 kun o‘tgach tibbiy niqobdan foydalanishni to‘xtatish mumkin. 

"Siz platsebo guruhida emas, balki tajribali guruhda ekanligingizga amin bo‘lishingiz kerak", degan Ginsburg.

Shuningdek, u antitanalar miqdoriga ham ahamiyat berish kerakligini qayd etgan. 

Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan buyon dunyoda 37 milliondan ortiq koronavirus bilan bog‘liq holat ro‘yxatga olingan. Deyarli 28 million odam sog‘ayib ketgan. 1 milliondan ortiq bemor vafot etgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 60 ming 562 nafarni tashkil etgan. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz. Qurbonlar soni 500 ga yaqinlashmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

366

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing