Koronavirusga qarshi emlangan rossiyalik deputatning testi musbat chiqdi
Olam
−
21 Oktabr 2020
11975Rossiya Davlat Dumasi deputati Valeriy Gartungning koronavirusga topshirgan testi musbat natija berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Gartung avvalroq koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi sinovida qatnashganini ma’lum qilgan. Uning fikricha, COVID-19 ga topshirgan testining natijasi platsebo olgani sababli musbat bo‘lgan.
Deputat o‘zini yaxshi his qilayotganini, tana harorati ko‘tarilmagani va boshqa alomatlar ham ko‘rinmaganini ma’lum qilgan. Ishini esa masofadan qilishda davom etyapti.
“Antitana tekshirilmadi. Kerakli vaqt o‘tmadi. Bu tekshiruv uch haftadan keyin ikkinchi emalanishni olganimdan so‘ng o‘tkazilishi kerak edi”, degan Gartung.
Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan beri dunyoda 41,1 mln odam koronavirusga chalindi. Rossiyada koronavirusga chalinganlar 1,4 mlndan oshdi.
Eslatib o‘tamiz, “Sputnik V” vaksinasi Rossiyada 11 avgust kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.
LiveBarchasi