Koronavirusga qarshi dorilar va test O‘zbekistonda ishlab chiqarilyapti – Bosh vazir o‘rinbosari

Jamiyat

image

Koronavirusni davolashda qo‘llaniladigan asosiy dorilar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Qonni suyultirishda foydalaniladigan preparatlardan tortib, garmon vositalarini ishlab chiqarish mahalliylashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev ma’lum qilmoqda.

Joriy haftada esa O‘zbekistonda yallig‘lanishga qarshi ishlatilayotgan yana bir dorining ishlab chiqarilishiga start berilib, ro‘yxatga olingan. 

“Biz qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, hatto, Gruziyaga ushbu dori vositalarining eksport qilinishini ta’minlab kelyapmiz”, deydi Musayev.

U o‘z so‘zida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga ommaviy test olish masalasiga ham to‘xtaldi. 

“Pandemiyaning boshida test vositalari ham Xitoydan xarid qilinayotgan edi. Test laboratoriyalarimiz, umuman sanitariya-epidemiologiya xizmati bunga tayyor emas edi. Qisqa muddat ichida 170 dan ortiq test laboratoriyalari xarid qilindi va test jarayoni boshlandi. Ayni vaqtda testlarni o‘zimizda ishlab chiqarishga ham erishdik. Innovatsiya vazirligi qoshida  tashkil etilgan laboratoriyada oyiga 1 mln dona test ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi”, deydi Musayev "Xalqaro press-klub" sessiyasida. 


Maqola muallifi

Teglar

Behzod Musaev Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

230

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing