Koronavirusga qarshi antitanalar bolalarda kamroq aniqlanishi ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

SARS-SOV-2 ga qarshi antitanalar bilan bog‘liq ijobiy natijalar bolalarda minimal miqdorda qayd etilgan. Bu ommaviy sinovlarning borishini kuzatish uchun yaratilgan "Monitoring.Invitro" loyihasi ma’lumotlaridan ma’lum bo‘lgan.

4 oydan ortiq davom etgan izlanishlar shuni ko‘rsatganki, umumiy ijobiy natijalarning faqatgina 3 foizi 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarda aniqlangan. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘spirinlar orasida esa 2 foiz holat qayd etilgan. 

Antitanalar aniqlangan bemorlarning maksimal soni (55 foiz) 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan odamlar orasida qayd etilgan. 

"Invitro-Sibir"ning bosh shifokori Andrey Pozdnyakovning so‘zlariga ko‘ra, bolalarda ijobiy natijalarning past darajasi epidemiologik choralar samaradorligi bilan bog‘liq. 

“Bolalar va o‘spirinlar ko‘pincha COVID-19ni yengil va simptomsiz shaklda o‘tkazishadi. Ularda antitanalar ozroq miqdorda sintezlanadi", deya tushuntirgan shifokor.

"Invitro" ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 730 mingdan ortiq shunday tadqiqotlar o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing