Koronavirusga qaramay XKS Yerga qaytmoqda

Texnologiya

image

Koronavirus pandemiyasining tarqalishi hamda Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi chegara yopilishiga qaramay Xalqaro kosmik stansiyasi (XKS) Yerga qaytadi. Bu haqda “Roskosmos” matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Roskosmos" XKS-62 ekipaji uzoq muddatli ekspeditsiyasini tugatib, Yerga qaytishiga to‘sqinlik qilmaydi. Garchi hozir Qozog‘istonda koronavirus sababli qator cheklovlar o‘rnatilgan bo‘lsa-da. “Roskosmos” hamkasblar bilan hamkorlikda muammoni hal qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda”, deyiladi davlat korporatsiyasi xabarida.

XKS ekipaji 17 aprel kuni Yerga qaytishni rejalashtirgan. Ularni kutib olish uchun qo‘nish zonasiga quruqlikdagi va aviatsiya sohasidagi mutaxassislar va texnikalar boradi.

Ayni vaqtda Xalqaro kosmik stansiyasida rossiyalik Oleg Skripochka va amerikalik Endryu Morgan va Jessika Meyrlar bor. 9 aprel kuni ular safiga rossiyalik Anatoliy Ivanishin va Ivan Vagner hamda amerikalik Kristofer Kassidi borib qo‘shiladi. Shundan so‘ng, Skripochka, Morgan va Meir Yerga qaytadi.

Ma’lumot o‘rnida, XKS qo‘shma xalqaro loyiha bo‘lib, uning tarkibiga 14 ta: Rossiya, AQSH, Yaponiya, Kanada, Belgiya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Fransiya, Shveysariya va Shvetsiya kiradi. 


Maqola muallifi

Teglar

XKS

Baholaganlar

197

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing