Koronavirusga ishonmay vafot etgan Prezident o‘rnida ayol rahbar ish boshladi

Olam

image

Tanzaniya Vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan Samiya Xasan Suluhu 17 mart kuni Prezident Jon Magufuli vafotidan keyin Tanzaniyaning oltinchi Prezidenti sifatida qasamyod qildi. Bu haqda Tanzaniyaning “The Citizen” gazetasi xabar berdi.

Tanzaniya konstitutsiyasiga ko‘ra, Prezident vafot etgan taqdirda Vitse-prezident davlat rahbari vazifasini bajarishga kirishadi va vakolat muddati tugaguniga qadar o‘z lavozimida qoladi. 61 yoshli Suluxuning amaldagi vakolati 2025 yil oxirida tugaydi. 

Nashrning qayd etishicha, ertaga, 20 mart kuni mamlakatdagi hukmron Inqilobiy partiya rahbariyatining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda yangi Vitse-prezident saylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Tanzaniya Respublikasi Prezidenti Jon Magufuli 17 mart kuni 61 yoshida vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing