Koronavirusga chalinganlarning o‘lim xavfini oshiradigan omil aniqlandi

Olam

image

Shotlandiyaning Edinburg universiteti olimlari COVID-19 ning og‘ir shaklini boshdan kechirayotgan bemorlarda jarayonning borishini yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan genlarni aniqladi. Tadqiqot “Nature” jurnalida chop etilgan.

Ma’lum qilinishicha, mutaxassislar intensiv terapiya bo‘limidagi ikki mingdan ortiq bemorlarning DNKlarini o‘rganishgan va ularda DPP9, TYK2, IFNAR2 genlarining, shuningdek OAS1, OAS2 va OAS3 kabi genlarning o‘xshash modifikatsiyalarini topishgan.

Shifokorlar ushbu genlarning inson organizmida mavjudligi immunitet shakllanishining buzilishi va og‘ir pnevmoniya shakllanishiga olib kelishi mumkinligini aniqlagan.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu omilning aniqlanishi bemorlarni davolash uchun kerakli dori-darmonlarni to‘g‘ri tanlashga imkon beradi, natijada o‘n minglab bemorlar saqlanib qolinadi.

Ma’lumot uchun, hozirgi davrga kelib, dunyo bo‘yicha 71 millilon 553 950 kishi koronavirusga chalingan. Shulardan 49 million 761 033 nafari kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, 1 million 603 886 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

390

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing