Koronavirusga chalinganlarning 5 nafari og‘ir ahvolda – Otabekov
Jamiyat
−
31 mart 2020
12507O‘zbekistonda bugun, 31 mart holatiga koronavirusga chalingan bemorlarning 5 nafari og‘ir ahvolda qolyapti. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
“Ayni daqiqalarga kelib mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 158 nafarni tashkil etdi. Hozirgina Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, u yerda davolanayotgan bemorlarning 22 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti. Mazkur holat bevosita rengionalagik tekshiruvlarda ham o‘z tasdig‘ini topgan. Davolanayotgan bemorlar 5 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘ir, deb baholanmoqda. Barcha bemorlar tegishli davolash muolajalarini olyapti va ularning har biri tibbiy kuzatuvda”, dedi Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 158 nafarga yetdi. Ularning 7 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi, 2 kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi