Koronavirusga chalinganlar yarim milliondan oshdi

Olam

image

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 0,5 milliondan oshib, 510 ming 108 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 22 993 nafari esa virus sabab vafot etdi. 120 983 nafar iesa virusdan butkul xalos bo‘lgan. 

Kasallik qayd etilishi bo‘yicha boshlang‘ich o‘nlikni Xitoy (81 782), Italiya (80 539), AQSH (75 233), Ispaniya (56 197), Germaniya (43 646), Eron (29 406), Fransiya (25 624), Shveysariya (11 712), Buyuk Britaniya (9962), Janubiy Koreya (9241) band etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, yangi turdagi koronavirus 2019 yil dekabr oyi oxirida aniqlandi. Virus Xitoy markazidagi aholi eng zich joylashgan shaharlardan biri Uxanda aniqlandi. Joriy yilning mart oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini pandemiya deb tan oldi. Koronavirus aniqlangan davlatlar 175 taga yetdi.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda ushbu xastalikka chalinganlar 65 kishini tashkil etmoqda. Mamlakatda qariyb 65 ming kishi karantinga olingan. 


Maqola muallifi

Teglar

karantin koronavirus

Baholaganlar

206

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing