Koronavirusga chalingan odam necha daqiqada suhbatdoshiga kasallikni yuqtirishi aytildi

Salomatlik

image

Mutaxassislar orasida koronavirusning yuqish yo‘llari borasida hali ham tez-tez turli fikrlar uchramoqda. Ammo yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan mutaxassislar tobora virus havo tomchilari orqali tarqalishiga ko‘proq ishonmoqda. Infeksiyalangan joylardan - eshik tutqichlari, lift tugmachalari va boshqalardan virus odamlarga tez-tez yuqadi, deb hisoblamoqda olimlar.

Koronavirusga chalingan odam suhbat paytida, qo‘shiq kuylayotganda ham, hatto niqobsiz yurgan odamga yaqin bo‘lsa ham, u o‘zidan “virusli” aerozol chiqaradi. Bu haqda Rospotrebnadzor mutaxassisi Aleksandr Semenov gapirib o‘tdi. Ushbu olim virusolog sifatida bir necha bor Xitoyda va Italiyaning Lombardiyasida bo‘lgan.

“Ko‘pgina hollarda, koronavirus haqiqatan ham havo tomchilari orqali yuqadi. Shuni tushunish kerakki, COVID-19 infeksiyasi juda yaqin va uzoq davom etadigan kontaktlarda bo‘ladi. Bemorning oldidan ko‘chada yugurib o‘tishning o‘zi yetarli emas, u bilan qandaydir aloqada bo‘lish kerak, bunga esa biroz vaqt ketadi”, deya tushuntiradi mutaxassis.

Olimning ta’kidlashicha, o‘rtacha, bir metrdan kam masofada 10-15 daqiqa suhbat infeksiyani yuqtirish uchun yetarli. “Shu bilan birga, suhbatdoshingiz tupugini tupursa, barchasi yanada qiyinlashadi. Shunda virusli zarrachalardan yuqori “dozani” qabul qilib olasiz va sizning kasalikka yo‘lqishingiz omillari yanada jiddiylashadi”, dedi Semenov.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

721

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing