Koronavirusga chalingan qariya Baydenning ahvoli qanday?
Olam
−
23 iyul 2022
12829Koronavirusga chalingan AQSH Prezidenti Jo Bayden kasallikni yengil shaklda o‘tkazmoqda. U o‘zini yaxshi his qilyapti va ishlashda davom etyapti. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per kecha, 22 iyul kuni ma’lum qildi.
Jan-Perning so‘zlariga ko‘ra, u maslahatchilar bilan muloqot qilib, qonun loyihalarini imzolayapti va kundalik razvedka brifinglarida qatnashyapti.
Xuddi shu kuni videomuloqot shaklida o‘tgan iqtisodiy masalalar bo‘yicha yig‘ilishda Bayden o‘zini ovozi chiqishdan ko‘ra "yaxshiroq his qilayotganini" aytgan. Biroq yig‘ilish davomida u ko‘p yo‘talgan. Ilgari qayta emlangan Prezidentda COVID-19 ning yengil alomatlari bor va u muolajaga yaxshi javob beryapti.
21 iyul kuni 79 yoshli Baydenning koronavirus uchun topshirgan testi pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta ijobiy natija ko‘rsatdi. U Oq uyda izolyatsiya qilingan va virusga qarshi dorilar bilan davolanmoqda. Uning testi manfiy bo‘lishi bilanoq u odatdagidek ishga qaytishni rejalashtirmoqda, bu haqda qo‘shimcha xabar beriladi.
LiveBarchasi