Koronavirusga chalingan “Ishdagi ishq” qahramonlarining ahvoli qanday?

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekistonlik tomoshibanlarga “Ishdagi ishq” filmi bilan yaxshi tanish bo‘lgan SSSR xalq artisti Alisa Freyndlix koronavirusga chalingani va qizi bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. Shifokorlar aktrisa sog‘ayishni boshlagani, xavf ortda qolganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS yozmoqda. 

Ayni vaqtda 86 yashar aktrisa va uning 53 yashar qizi – aktrisa Varvara Vladimirova Sank-Peterburgdagi L.G.Sokolov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy mintaqaviy ilmiy-klinik markazida davolanmoqda.

“Hammasi yaxshi. Yaxshilanish bor”, deydi shifokorlar. 

O‘tgan yilning 25 dekabr kuni shifoxonaga yotqizilgan aktrisaning ahvoli 12 yanvarga kelib yaxshilangani xabar qilindi. Shu kundan e’tiboran u fizioterapiya muolajalarini olishni boshlagan. Freyndlixda o‘pkaning shikastlanish darajasi pasayayotgani aytilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Alisa Freyndlix faoliyat yuritib kelayotgan Tovstonogov nomidagi katta drama teatri aktrisaning ahvoli og‘irligi, u Jonlantirish bo‘limiga olinganini ma’lum qilgandi. 

Joriy yilning 2 yanvar kuni Alisa Freyndlixning ahvoli doimiy og‘ir deb baholangandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Alisa Freydlik 1934 yilda hozirgi Sankt-Peterburgda tug‘ilgan.

Shuningdek, “Ishdagi ishq” filmi bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktyor – Yuriy Grigorevich Samoxvalov roli ijrochisi Oleg Basilashvili ham koronavirusga chalingan edi. Joriy yilning 9 yanvar kuni u ham sog‘ayib, uyiga qaytgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Alisa Freyndlix Oleg Basilashvili

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing