“Ishdagi ishq”ning yana bir qahramoni shifoxonaga yotqizildi

Madaniyat-san’at

image

Biroz avval, o‘zbekistonlik tomoshabinlarga “Ishdagi ishq” filmi orqali yaxshi tanish bo‘lgan SSSR xalq artisti Alisa Freyndlix koronavirusga chalinib, shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. 

Ayni vaqtda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Ishdagi ishq” filmining yana bir qahramoni, Yuriy Grigorevich Samoxvalov roli ijrochisi Oleg Basilashvili koronavirusga chalingan. 

Joriy yilning 2 yanvar kuni 86 yashar aktyor koronavirus xastaligi bilan Sankt-Peterburgdagi 40-sonli shifoxonaga yotqizilgan. Kecha, 3 yanvar kuni uning rafiqasi ham mazkur shifoxonaga koronavirus tashxisi bilan joylashtirilgan. 

Shifokorlar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning ahvoli barqaror, intensiv terapiya qo‘llanilmagan va hozircha umumiy palatada qolmoqdalar. 

“Oleg Valerianovichga shifoxonaga yotishni taklif qilishdi va u o‘zini yaxshi his qilsa ham bu taklifni rad etmadi. Ammo shifokorlarning fikricha, shifoxonada bo‘lish va u yerda kerakli terapiyani olish aktyorning yoshini hisobga olganda, u uchun xavfsiz”, deydi aktyorning qizi. 

SSSR xalq artisti Oleg Basilashvili 1934 yilda tug‘ilgan. U bugungacha 80 dan ziyod filmlarda rol ijro etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Alisa Freyndlix Oleg Basilashvili

Baholaganlar

320

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing