“Ishdagi ishq” qahramoni Alisa Freyndlix shifoxonaga yotqizildi. Uning ahvoli og‘ir
Madaniyat-san’at
−
04 yanvar 2021
15076O‘zbekistonlik tomoshibanlarga “Ishdagi ishq” filmi bilan yaxshi tanish bo‘lgan SSSR xalq artisti Alisa Freyndlix 2020 yilning 25 dekabr kuni koronavirusga chalinib, shifoxonaga yotqizilgan edi.
Ayni vaqtda 86 yashar aktrisa va uning 53 yashar qizi aktrisa Varvara Vladimirova Sank-Peterburgdagi L.G.Sokolov nomidagi Shimoliy-G‘arbiy mintaqaviy ilmiy-klinik markazida davolanmoqda.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda aktrisaning ahvoli og‘ir, ammo barqaror. U shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda va unga shifokorlar nazorati ostida uzluksiz intensiv terapiya tayinlangan.
Joriy yilning 2 yanvar kuni Alisa Freyndlixning ahvoli doimiy og‘ir deb baholangan.
Ma’lumot o‘rnida, Alisa Freydlik 1934 yilda hozirgi Sankt-Peterburgda tug‘ilgan. 1983 yildan buyon Tovstonogov nomidagi katta drama teatri aktrisasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.