Koronavirusga chalingan Erdo‘g‘anning ahvoli haqida ma’lumot berildi
Olam
−
06 fevral 2022
7858Avvalroq, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘anda koronavirusning “omicron” shtammi aniqlangani haqida xabar bergan edik. Ayni vaqtda Prezident va mamlakat Birinchi xonimida kasallik yengil kechmoqda. Bu haqda davlat rahbari bugun, 6 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
“Bugun tongda shifokorimiz tekshiruvlarni o‘tkazdi. Shukrki, salbiy holat yo‘q. Kasallik yengil o‘tmoqda. Emina xonim bilan ishimizni uydan davom ettiryapmiz”, deydi Rajab Toyib Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, Rajab Toyib Erdo‘g‘an rafiqasi Emina Erdo‘g‘an bilan joriy yilning 3-4 fevral kunlari Ukraina Respublikasiga tashrifni amalga oshirgan edi. Prezident Turkiyaga qaytgach, unda koronavirus aniqlangan.
Ma’lumot uchun, 67 yoshli Erdo‘g‘an o‘tgan yilning 14 yanvar kuni koronavirusga qarshi emlangandi.