Bir odam necha kishiga COVID-19 yuqtirishi mumkin?

Salomatlik

image

Xitoylik shifokorlar statistikasiga ko‘ra, COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bir bemor 5 kecha-kunduzda o‘rtacha 2-3 kishiga virus yuqtiradi. Bu haqda Noila Asqarzodaning “Xavfli virus” filmida aytib o‘tilgan.

Shu bilan birga, bir oy ichida bir bemordan virus yuqtirganlar soni 400 nafarga yetishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, voqealarning bunday tus olishi virus tarqatuvchining ehtiyot choralariga rioya qilmasligi oqibatida yuz beradi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalingan insonlar soni 1 226 644 nafarga yetdi. Ularning 66 560 nafari vafot etdi va 252 658 nafari kasallikdan shifo topdi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

274

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing