Koronavirusga chalingan Habibning otasi qanday holatda ekani ma’lum qilindi

Sport

image

Mutlaq janglar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmuhamedovning otasi va murabbiyi Abdulmannap Nurmuhamedovda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 9 iyun kuni Habib Nurmuhamedovning menejeri Ali Abdulaziz sportchining otasi va murabbiyi Abdulmannap Nurmuhamedovning sog‘lig‘i haqida tafsilotlar bilan bo‘lishdi.

Agentning so‘zlariga ko‘ra, bir necha hafta oldin og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan Nurmuhamedovning otasida sog‘ayish alomatlari kuzatilmoqda.

"Habib kuchli, oilasi juda kuchli va otasi ham kuchli. U sog‘aymoqda. U ko‘zlarini ochdi, biroz reaksiya qildi - bu yaxshi belgidir. Alloh vaziyatni nazorat qiladi. Hammamiz uning yaxshi bo‘lishiga ishonamiz. Ammo hozirgi paytda hammasi uning sog‘lig‘iga bog‘liq. U sog‘ayib bormoqda, barchamiz bundan juda mamnunmiz”, deya Abdulazizning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ESPN.
 


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

494

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing