Koronavirusdan vafot etganlarni dafn etish taqiqlandi
Olam
−
03 fevral 2020
17276Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarni dafn etish taqiqlandi. Bu haqda Xitoyning ingliz tilida xabar tarqatuvchi Global Times nashri xabar bermoqda.
“nCoV2019 virusidan vafot etganlarning tanasi qisqa vaqt ichida eng yaqin krematoriyda yoqilishi kerak. Ularni dafn etish yoki qarindoshlariga berish ta’qiqlanadi. Dafn marosimlarida virus tarqalishi xavfi mavjud”, deyilgan Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda dunyo bo‘yicha koronavirus yuqqan kishilar soni 15 mingdan, ushbu virusdan vafot etganlar soni 370 kishidan oshdi.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.
JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.
LiveBarchasi