Koronavirusdan vafot etganlar 73 nafarga ko‘paydi
Olam
−
06 fevral 2020
7623Bugun, 6 fevral holatiga Xitoyda paydo bo‘lgan yangi 2019-nCoV koronavirusdan vafot etganlar soni 73 nafarga ortib, 565 nafarga yetdi. Ularning faqatgina ikki nafari Xitoydan tashqarida halok bo‘lgan.
Dunyo o‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 28 276 nafarga yetdi. Bemorlarning 28018 nafari Xitoyda qayd etilgan. Qolganlari dunyoning 26 davlatida aniqlangan.
Koronavirusdan davolanganlar soni 1208 nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich kecha 991 nafarga teng edi. Bemorlarning 3863 nafari yoki 14 foizining ahvoli og‘ir.
Yangi koronavirus
Xitoyning Xubey provinsiyasi markazi Uxan shahrida o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida yangi virus paydo bo‘ldi. Xitoy Hukumati 31 dekabr kuni Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotini mamlakatda epidemiya boshlangani haqida ogohlantirdi.
Koronavirus bilan kasallanganlar hozircha Xitoydan tashqari 26 davlat – Yaponiya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Gonkong, Avstraliya, Tayvan, Makao, Malayziya, Amerika Qo‘shma Shtatlar, Germaniya, Vetnam, Fransiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Kanada, Filippin, Buyuk Britaniya, Rossiya, Italiya, Hindiston, Finlyandiya, Shvetsiya, Shri-Lanka, Kamboja, Nepal va Ispaniyada aniqlandi.
JSST yangi koronavirusning dunyoga tarqalishi sababli Jamoat sog‘lig‘i uchun xalqaro xavotirga molik favqulodda vaziyat joriy qildi. Bu insoniyat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘ilganda e’lon qilinadigan rasmiy maqom hisoblanadi.
LiveBarchasi