Koronavirusdan o‘lim bo‘yicha navbatdagi antirekord qayd etildi
Olam
−
20 yanvar 2021
8556Dunyoda bir hafta ichida 93 mingdan ko‘p kishi koronavirus qurboni bo‘ldi. Bu pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir, deyilgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabarida.
Shuningdek, yetti kun ichida 4,7 mln kishi COVID-19 bilan kasallangan, bu avvalgi haftaga nisbatan 6 foizga kam.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik Afrika, Sharqiy O‘rta yer dengizi va G‘arbiy Tinch okeani mintaqalarida ko‘paygan, Amerika, Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyoda esa kamaygan.
AQSHda bir hafta ichida kasallanganlar soni 1,5 millionga ko‘paygan.
Undan keyingi o‘rinlarda Braziliya (379 mingdan ortiq yangi holat) va Buyuk Britaniya (339 mingdan ortiq) qayd etilgan.
Dunyoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 96 mln 722 ming 774 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 2 mln 68 ming 154 nafari virus qurboni bo‘lgan.