Koronavirusdan sog‘ayganlar 1,5 milliondan oshib ketdi

Olam

image

Dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 4 327 288 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan vafot etganlar esa 295 540 nafarga yetdi.

Dunyo miqyosida ushbu xastalikdan to‘liq sog‘ayganlar joriy yil may oyi boshidan 1 milliondan oshgan edi. O‘tgan 14 kun ichida ular soni 1,5 milliondan oshib, 1 milliondan oshib, 1 524 991 kishini tashkil etmoqda. Bu esa bemorlarning 35,2 foizi sog‘aydi degani. Bundan 14 kun avval ushbu ko‘rsatkich 31,2 foizni tashkil etayotgan edi. 

Quvonarlisi, o‘lim holatlari ham kamaygan. Bundan 14 kun avval dunyo miqyosida koronavirusdan o‘lim holatlari jami kasallanganlarning 7,1 foizini tashkil etayotgan bo‘lsa, ayni vaqtda bu ko‘rsatkich 6,8 foizga tushganini ko‘rish mumkin.  

Koronavirusdan davolanish bo‘yicha yuqori o‘rinni Xitoy egallab turibdi. Mamlakatda 84 021 bemordan 79 242 nafari yoki 94,3 foizi davolangan. 

Garchi Shveysariyada koronavirusga chalinganlik holati Yevropaning boshqa mamlakatlariga o‘xshash bo‘lmasa-da, mamlakatda bugungacha virus aniqlangan bemorlarning ko‘p qismi sog‘aydi. Shveysariyada 30 413 nafar bemordan 27 100 nafari yoki 89,1 foizi sog‘aydi. 

Yevropa mamlakatlari orasida tartib va intizom borasida alohida o‘rin tutuvchi Germaniya to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Ushbu mamlakat kasallik qayd etilishi nuqtai nazaridan yuqori o‘rinlarda turgan bo‘lsa ham, o‘lim holati boshqalarga nisbatan ancha past. Germaniyada 174 006  bemordan 148 700 nafari yoki 85,4 foizi sog‘lom hayotga qaytgan. 

To‘rtinchi o‘rinni Eron egallab turibdi. Mamlakatda kasallanganlarning yarmidan ko‘pi sog‘aygan. Ya’ni 117 725 bemordan 89 428 kishi yoki xastalarning 79,3 foizi kasallikni yengib o‘tgan. 

Turkiya kasallik qayd etilishi bo‘yicha dunyoda to‘qqizinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da sog‘ayish borasida beshinchi o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda 143 114 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Davolanganlar esa 101 715 nafarni yoki umumiy bemorlarning 71 foizini tashkil etmoqda. 

O‘zbekistonni ham yuqoridagi ro‘yxatga kiritish mumkin. Albatta, mamlakatda bemorlar soni ular kabi bo‘lmadi, biroq koronavirusni yuqtirib olgan bemorlarning 79 foizi sog‘aydi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 2612 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 2076 nafari sog‘aydi. Bemorlarning 11 nafari vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing