Koronavirusdan sog‘aygan odam qancha vaqtdan keyin yana xavf ostida bo‘lishi aytildi
Salomatlik
−
05 Oktabr 2020
23160Koronavirusga chalingan insonning organizmida virusga qarshi antitanachalar taxminan yarim yil saqlanib qoladi. Bu haqda virusolog, “Vektor” markazi laboratoriyasi sobiq rahbari Aleksandr Chepurnov aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 3-4 oy davomida COVID-19 dan sog‘aygan bemorlarda antitana kamayib borad. Shu bilan birga 5-6 oyda immunitet hujayrasi koronavirus antigeniga javob bermay qo‘yadi.
“May-aprel oylarida koronavirusga chalinganlar yarim yildan keyin yana xavf ostida bo‘ladi”, deya ogohlantirgan Chepurnov.
Mutaxassis kasallanganlar sonining ortishi jamoaviy immunitet xosil bo‘lishiga olib kelmaydi.
“Kasallanganlar orqali jamoaviy immunitet shakllanishiga umid yo‘q. bugun buning imkoni yo‘qligi ma’lum bo‘ldi”, degan mutaxassis.
Koronavirus pandemiyasi dunyoning deyarli barcha davlatlarga yetib bordi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 34,4 mln odam virusga chalingan.
O‘zbekistonda rasmiy ma’lumotlarga pandemiya boshidan beri 58 687 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 55 318 nafari sog‘aygan va 482 nafari vafot etgan.