Koronavirusdan sog‘aygan bemor kasallikka qayta chalinishi mumkinmi? JSST javob berdi
Salomatlik
−
25 aprel 2020
12357Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida (JSST) koronavirus infeksiyasini qayta chalinmaslik to‘g‘risida “dalillar yo‘q”. Bu haqda tashkilot matbuot markazi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ba’zilar koronavirusga chalingan odam unga qayta chalinmaydi degan fikrda. Bu esa ushbu odamlarni ehtiyotkorlikni susaytirishiga va kasallikni qayta yuqtirib olishiga olib kelishi aytildi.
“Hozirgi kunda COVID-19 dan davolangan va antitelalari bo‘lgan odamlar kasallikning qayta yuqishidan himoyalanganligi to‘g‘risida dalillar yo‘q“, deyiladi JSST bayonotida.
Shu munosabat bilan, JSST dunyo mamlakatlariga kasallikka chalingan bemorlarga “immunitet pasportini“ berishdan ogohlantirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 2 865 205 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 816 658 nafari sog‘aygan, 199 984 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 848 563 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi