Koronavirus qurbonlari 300 mingdan oshdi

Olam

image

Yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasi oqibatida vafot etganlar dunyo miqyosida 300 mingdan oshib ketdi. Kasallanishda 1,4 milliondan ortiq holat qayd etilgan AQSH o‘lim miqdori bo‘yicha ham birinchilikda bormoqda. 

Ayni vaqtda AQSHda ushbu kasallikka chalingan 1 405 961 nafarga yetgan. Ulardan 85 194 nafari yoki 6 foizi vafot etgan. Ushbu miqdorning 32,3 foizi Nyu-Yorkka to‘g‘ri kelmoqda. 

Ikkinchi o‘rinni esa Buyuk Britaniya zabt etmoqda. Mamlakatda 234 431 nafar bemorning 33 692 nafari yoki 14,3 foizi vafot etgan. 

Fransiyada kasallanganlarning 15,3 foizi vafot etgan. Bugunga kelib 178 994 kishi koronavirusga chalingan bo‘lsa, 27 428 kishi vafot etgan. 

Keyingi o‘rinda esa Italiyani ko‘rish mumkin. Ushbu davlatda 223 096 kishi koronavirus bilan kasallangan bo‘lsa, ularning 31 368 nafari yoki 14 foizi vafot etgan. 

O‘lim holati bo‘yicha beshinchi o‘rinni Ispaniya egallab turibdi. Mamlakatda 229 540 kishi koronavirusga chalingan. Ulardan 27 321 nafari yoki 11,9 foizi esa vafot etgan. 

Keyingi o‘rinlarda esa Braziliya (13 555), Belgiya (8 903), Germaniya (7 884), Eron (6 854), Niderlandiya (5 609) bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing