Koronavirusdan eng ko‘p o‘lim qaysi mamlakatda uchrayotgani aytildi

Olam

image

O‘tgan sutka davomida Braziliya va Hindistonda koronavirus infeksiyasining yangi turi COVID-19 bilan kasallanish va o‘lim holatlari yuqorilagani qayd etildi.  

Braziliya

Braziliyada COVID-19 tufayli o‘tgan sutkada 602 kishi halok bo‘lgan. Xavfli infeksiya tufayli vafot etganlarning umumiy soni 64 867 nafarga yetdi. 

Braziliya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda yangi turdagi koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlarining umumiy soni 26 051 ga oshib, 1 million 603 055 taga yetgan.  

Koronavirus infeksiyasi va o‘limining aksariyati 46 million aholiga ega San-Pauluda qayd etilgan. 

COVID-19 tufayli bu shtatda 16 078 kishi vafot etdi. Xavfli infeksiyani tasdiqlangan holatlarning umumiy soni 320 179 ni tashkil qiladi. 

Davolanganlar soni 906 286 kishi. 

Braziliya Lotin Amerikasida qurbonlar va kasallanish soni bo‘yicha yetakchi hisoblanadi va dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. 

Braziliya 211 milliondan ortiq aholiga ega. 

Hindiston

Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan sutkada 425 kishi koronavirus infeksiyasining yangi turi tufayli hayotdan ko‘z yumgan.  

Mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etganlarning umumiy soni 19 693 nafarga yetdi. 

Kun davomida Hindistonda xavfli infeksiya bilan kasallanish soni 24 248 taga o‘sib, umumiy ko‘rsatkich 697 413 tani tashkil etmoqda.

Mamlakatda 424 433 kishi koronavirus infeksiyasining yangi turidan davolandi. 

Hindiston COVID-19 infeksiyasiga chalinish bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda dunyo bo‘yicha 11 million 450 247 kishida koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 6 million 179 048 nafari yoki 53,9 foizi sog‘aygan, 534 273 nafari yoki 4,6 foizi vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Braziliya

Baholaganlar

717

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing