Koronavirusdan himoya qiluvchi taqinchoq ixtiro qilindi

Olam

image

NASA koronavirusdan himoya qiluvchi taqinchoq ishlab chiqardi. Uni taqqan odam yuzi va ko‘ziga ko‘p teginaversa, taqinchoqdagi vibratsiya ishlab ketadi. Ushbu bezak 3D -printerda chop etila boshlaydi. Bu haqda “Daily Mail” nashri yozmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, infraqizil sensori bo‘lgan qurilma odamning yuziga juda yaqin keladigan qo‘lni aniqlaydi. U harakatni aniqlaganida, marjonning ichidagi kichik vosita ishlay boshlaydi. Shunday qilib, ishlab chiquvchilar koronavirusning tanaga ko‘zlar, shuningdek, burun va og‘iz orqali kirishining keng tarqalgan usulini to‘xtatishga qaror qilishdi.

Shu bilan birga, NASA ushbu vositani niqob bilan birga, shuningdek, koronavirus infeksiyasidan himoya qiluvchi boshqa vositalar bilan birga foydalanishni tavsiya etgan. Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar modelni boshqa ranglarda ham chiqarishga va’da berishdi.

Avvalroq, dunyo miqyosida koronavirusga chalinish holatlari ko‘payib borayotgan mamlakatlarda sog‘ayish bo‘yicha raqamlar ham yuqorilayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus NASA

Baholaganlar

141

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing