Koronavirus yuqtirganlikda gumonlangan ayol shifoxonadan qochib ketdi

Olam

image

Avstriyaning Zalsburg shahridagi shifoxonaga koronavirus yuqtirgan deya joylashtirilgan ayol u yerdan qochib ketdi. Bu haqda OE24 telekanali xabar bermoqda.

31 yashar ayol shifkorlar undan tashxis olishganidan so‘ng, yuqumli kasalliklar bo‘limidan qochib ketgan. Politsiya xodimlari uni o‘z uyidan topishgan.

Undan olingan tashxis javoblari bugun tunda chiqishi ma’lum qilingan. Ayol yutal va nafas olishdan qiynalayotganidan so‘ng, 4 fevral kuni shifoxonaga yotqizilgan. Unda bu holat Tayvan va Yangi Zelandiyaga qilgan sayohatidan so‘ng kuzatilgan. 

Virus haqida so‘nggi ma’lumotlar:

Unga chalingan jami odamlarning soni 24 300 nafardan oshdi. 490 kishi kasallik ortidan qurbon bo‘ldi. 862 nafar bemor to‘liq davolanib, shifoxonadan ruxsat qo‘yib yuborilgan bo‘lsa, 3 219 kishi og‘ir ahvolda ekanligi aytilmoqda. 20 dan ortiq davlatga yoyilishga ulgurdi.

O‘zbekiston Xitoyning Uxan shahridan 84 nafar, Pekindan esa 250 fuqarosini olib keldi. Yana 260 o‘zbekistonlik Xitoydan qaytib kelyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

443

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing