Koronavirus yuqtirgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri shifoxonaga yotqizildi
Olam
−
06 aprel 2020
6634Koronavirusga chalingan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonahvoli yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizildi. Britaniya hukumati axborotida aytilishicha, uni ehtiyot chorasi sifatida shifoxonaga yuborishgan. Chunki Jonsonda virus aniqlanganidan 10 kun o‘tsa ham kasallik alomatlari saqlanib qolgan.
Jonsonning vakili Bosh vazirning tana harorati pasaymayotgani va yo‘tal to‘xtamayotganini ma’lum qilgan.
Boshqa bir ma’lumotga ko‘ra, Jonson o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish uskunasiga ulanadi.
Eslatib o‘tamiz, Boris Jonson COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani 27 mart kuni ma’lum bo‘lgandi. Biroq u shifoxonaga yotmay, uyda karantinga olingandi.
So‘nggi ma’lumotarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalingan insonlar soni 1 274 923 nafarga yetdi. Ularning 69479 nafari vafot etdi va 260 484 nafari kasallikdan forig‘ bo‘ldi. Buyuk Britaniyada esa virsga chalinganlar 48 440 nafarga yetdi. Ularning 4943 nafari halok bo‘ldi, 229 nafari davolandi.
LiveBarchasi