Gripp va koronavirusning asosiy farqi nimada? 

Jamiyat

image

Koronavirus kasalligining alomatlari qish mavsumida avj oluvchi gripning belgilariga o‘xshaydi. Istma chiqishi, ko‘p terlash, ishtahaning yo‘qolishi kabi belgilarning barchasi gripp virusi bilan birga keladi. 

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov COVID-19 kasaligining gripp virusdan farqi haqida ma’lumot berdi. 

“Gripp COVID-19 ga qaraganda juda qisqa yashirin davri va juda qisqa oraliqqa ega. COVID-19 virusida seriyali oraliq 5-6 kun, gripp virusida esa oraliq 3 kunni tashkil qiladi. Bu gripp koronavirusga qaraganda tezroq tarqalish xususiyatiga ega ekanini ko‘rsatadi. Jamoat joyida bolalar gripni tarqatishda asosiy omil hisoblanadilar. COVID-19 da kattalarga qaraganda bolalar kamroq kasallanadilar va 0-19 yoshdagilarda uchrashi juda past”, deydi Shuhrat Boymurodov. 

Shtab a’zosining aytishicha, yangi koronavirusga chalingan odamda quruq yo‘tal kuzatiladi (yoki ko‘p bo‘lmagan balg‘am). ORVI va gripda yo‘tal ko‘pincha nam va tumov, burunni bitishi kuzatiladi. Koronavirusda 15 foiz hollarda og‘ir infeksiyalar bo‘lib, kislorod talab qilinishi va 5 foiz kritik holat bo‘lib, o‘pka ventilyatsiyasi talab qilinadi. COVID-19 kritik holat va og‘ir infeksiyalar gripga qaraganda yuqori. 

Qayd etish kerakki, COVID-19 keksalar va yondosh kasalliklari mavjudlarda og‘ir kechishi xavfi mavjud. Koronavirusda o‘lim gripga qaraganda, ayniqsa, mavsumiy gripga qaraganda yuqori. Xozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusda umumiy o‘lim koeffitsiyenti 3-4 foizni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich mavsumiy gripda 0,1 foizdan past ekanligini ko‘rsatadi.

Ma’lumot uchun, koronavirus bolalardan tashqari, yondosh kasalliklari yo‘q homilador ayollarda ham yengil o‘tadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuzatuvlariga ko‘ra, sog‘lom homilador ayollar koronavirusdan vafot etmagan.

O‘zbekistonda 234 nafar homilador ayolda koronavirus aniqlangani xabar qilingandi. Ularning 2,9 foizida kasallik o‘lim bilan yakunlangan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

520

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing