Koronavirus: O‘zbekistonning 13 hududidan yangi bemorlar aniqlandi

Jamiyat

image

Kecha, O‘zbekistonning 13 ta hududidan 242 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 6 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 242 kishiga ortib, 101 964 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 4 nafari Andijon viloyatida;
  • 13 nafari Buxoro viloyatida;
  • 7 nafari Jizzax viloyatida;
  • 2 nafari Navoiy viloyatida;
  • 6 nafari Namangan viloyatida;
  • 23 nafari Samarqand viloyatida;
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 1 nafari Xorazm viloyatida;
  • 48 nafari Toshkent viloyatida;
  • 115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 12 nafar;
  • Navoiy viloyatida 2 nafar;
  • Namangan viloyatida 2 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar;
  • Toshkent shahrida 130 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 97861 (+147) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3407 nafar bemor davolanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing