Koronavirus: O‘zbekistonda 200 ga yaqin bemor aniqlandi. Bir kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 3 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193 nafarga ortib, 83 623 kishini tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 1 nafari Andijon viloyatida;
  • 1 nafari Buxoro viloyatida;
  • 2 nafari Namangan viloyatida;
  • 8 nafari Samarqand viloyatida;
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 2 nafari Xorazm viloyatida;
  • 20 nafari Toshkent viloyatida;
  • 154 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 631 nafarga etdi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar;
  • Buxoro viloyatida 6 nafar;
  • Jizzax viloyatida 3 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 7 nafar;
  • Samarqand viloyatida 21 nafar;
  • Toshkent viloyatida 16 nafar;
  • Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81629 (+180) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1363 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing