Koronavirus: O‘zbekistonda 200 ga yaqin bemor aniqlandi. Bir kishi vafot etdi
Jamiyat
−
04 aprel 2021
8431Joriy yilning 3 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193 nafarga ortib, 83 623 kishini tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 1 nafari Andijon viloyatida;
- 1 nafari Buxoro viloyatida;
- 2 nafari Namangan viloyatida;
- 8 nafari Samarqand viloyatida;
- 1 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 2 nafari Xorazm viloyatida;
- 20 nafari Toshkent viloyatida;
- 154 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 631 nafarga etdi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar;
- Buxoro viloyatida 6 nafar;
- Jizzax viloyatida 3 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 7 nafar;
- Samarqand viloyatida 21 nafar;
- Toshkent viloyatida 16 nafar;
- Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81629 (+180) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1363 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi