Koronavirus o‘pkaga zarar yetkazmasligi uchun nimalar iste’mol qilish kerak?

Salomatlik

image

Ispaniyalik shifokorlar koronavirus natijasida o‘pkaning jiddiy zarar ko‘rmasligi uchun nimalar iste’mol qilish zarurligini ma’lum qildi.

Tegishli bayonotni Ispaniya pulmonologiya va torakal jarrohlik jamiyati rahbari Eusebi Chiner aytdi. Unga ko‘ra, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu rejimiga va jismoniy faoliyatga rioya qilish kasalliklarning jiddiy oqibatlarining oldini olishga yordam beradi.

Diyetolog Alexandro Kanovas, masalan, tuxum nafas olish tizimini mustahkamlash uchun juda yaxshi ekanligini ta’kidladi.

Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, nafas olish tizimini va umuman tanani mustahkamlash uchun diyetaga bir qator oddiy ovqatlar kiritilishi kerak. Masalan, tuxum.

Guruch ichakning normal ishlashi uchun foydali bo‘ladi, ammo iloji bo‘lsa, tozalangan un va shakar qo‘shilgan taomlarni ro‘yxatdan chiqarib tashlanishi kerak.

Parhezshunoslar, shuningdek, kuniga uch marta omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalarini olish uchun baliq iste’mol qilishni maslahat berishdi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

659

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing