Koronavirus to‘lqinlari 2021 yilda ham davom etadimi? 

Salomatlik

image

Koronavirusning to‘rtinchi to‘lqinidan qo‘rqishning hojati yo‘q. Bu haqda Moskva davlat tibbiyot universiteti vakili, tibbiyot fanlari nomzodi Maksim Gultyayev ma’lumot bergan.

Gultyayevning prognozlariga ko‘ra, koronavirus mavsumiydir va u asta-sekinlik bilan ortga qaytadi. 

Mutaxassis koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini bo‘lmasligiga ishonch bildirgan. 

"Kelgusi yilni to‘liq qurollangan holda kutib olamiz. O‘ylashimcha, koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini kutilmaydi. Kasallikning mavsumiy o‘sishi, koronavirus bilan bog‘liq holatlar ko‘payishi mumkin. Ammo vaziyat unchalik qiyin bo‘lmaydi, bunday dahshatli raqamlar kuzatilmaydi", degan Gultyayev. 

Ma’lumot uchun, Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlar 1,8 milliondan oshgan. 30 ming 793 nafar bemor virus qurboni bo‘lgan.

Dunyoda koronavirusga chalinganlar 51 milliondan oshgan. 1,2 million bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing