Koronavirus Trampga yana bir qadam yaqinlashdi
Olam
−
09 may 2020 16942 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning atrofidagi yana bir odam koronavirus yuqtirib oldi. Bemor Prezidentning qizi Ivanka Trampning shaxsiy yordamchisi hisoblanadi. Shu bilan Oq uyda koronavirusga chalinganlar soni yana bittaga ko‘paydi.
Ta’kidlanishicha, yordamchi so‘nggi bir necha hafta davomida Ivanka bilan bog‘lanmagan. Chunki u uyda masofaviy shaklda ishlagan. Aynan shu chora Ivanka va uning eri Jared Kushnerni koronavirusdan qutqarib qolgan. Shunga qaramay, Ivanka va Kushner kecha, 8 may kuni COVID-19 uchun tahlil topshirgan. Natija manfiy chiqqan.
"Prezident Donald Tramp bir hafta ichida AQSH pandemiyadan xalos bo‘lishiga umid bildirdi. Buning o‘rniga, pandemiya uning o‘ziga yaqin keldi", deydi Trampni yoqtirmasligi bilan tanilgan CNN nashri.
Ma’lum qilinishicha, Ivanka Trampning yordamchisi Oq uydagi koronavirusga chalingan kishilarning uchinchisi. Avvalroq, virus Oq uy xodimlaridan birida va vitse-prezident Maykl Pensning vakili aniqlangan edi.
Oq uy hozirda har kuni kechasi dezinfeksiya qilinmoqda. Koronavirus AQSH Prezidentiga yuqmasligi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. Shunga qaramay yuqoridagi holatlar yuz berishda davom etmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025