Koronavirus telefon orqali yuqadimi?
Jamiyat
−
21 mart 2020
12536O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasi kirib kelgach, odamlarda uning yuqishi bo‘yicha turli savollar paydo bo‘la boshladi. Shulardan biri virusning telefon orqali yuqish yoki yuqmasligi haqidagi savol bo‘lyapti. Davlat Bosh sanitariya vrachi Bahrom Almatov mana shu savolga javob berdi.
“Bugungi kunda telefonlar eng ko‘p ishlatiladigan anjomlardan biri. U o‘zida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi ham mumkin. Bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham ko‘chib o‘tadi.
Koronavirus to‘lqinlar orqali yuqmaydi. Buni to‘g‘ri tushunish kerak”, dedi Almatov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 37 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor