Koronavirus smartfon yuzasida qancha vaqt saqlanishi aniqlandi

Bu qiziq

image

Avstraliyalik olimlar koronavirus qo‘zg‘atuvchisi pul, temir tutqich va smartfonda bir oygacha qolishi mumkinligini aniqladi. Tadqiqot Virology Journal'da nashr etilgan.

Xabarlarga ko‘ra, koronavirus xona haroratida buyumlar yuzasida 28 kungacha yashashi mumkin. Smartfon oynasi, pul va zanglamaydigan po‘latdan yasalgan buyumlar kabi g‘ovak bo‘lmagan sirtlar virus uchun qulay ekanligi isbotlandi. 

20 daraja issiqlikda kasallik qo‘zg‘atuvchisi ushbu sirtlarda bir oyga yaqin, 30 darajada uch haftagacha turishi mumkin.

40 darajadan yuqori harorat esa koronavirusning ikki-uch kundan ortiq saqlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan beri dunyoda 37 milliondan ko‘p koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. Qariyb 28 million kishining salomatligi tiklangan. 1 milliondan ortiq odam vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

smartfon koronavirus

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing