Koronavirus sababli O‘zbekistonda faoliyati to‘xtatilgan joylar ro‘yxati kengaydi

Jamiyat

image

Bugun, 19 martdan e’tiboran O‘zbekistonda massaj salonlari, diskoteka, diskobarlar, bolalar o‘yingohlari faoliyati to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlik sub’ektlaridan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga xayrixoh bo‘lishlarini so‘ramoqda.

“O‘z-o‘zini himoya qilish uchun aholiga karantin davrida bunday muassasalarga tashrif buyurmaslikni tavsiya qilamiz”, deyiladi DSQ rasmiy bayonotida.

Ushbu qaror ijrosi Davlat soliq xizmati, ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan qat’iy nazorat qilinadi.

Avvalroq, koronavirus sabab Toshkent hayvonot bog‘i vaqtinchalik yopilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etildi. Ayni vaqtga kelib bemorlar 23 kishini tashkil etmoqda


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

904

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing