Koronavirus sabab yevropaliklar 30 kun AQSHga kiritilmaydi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari ertaga, 13 martdan boshlab 30 kun davomida Yevropa mamlakatlaridan kelgan chet elliklarning mamlakatga kirishini taqiqlaydi. Istisno faqat Buyuk Britaniya uchun amal qiladi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp 11 mart kuni mamlakatda va dunyoda yangi koronavirus tarqalishi munosabati bilan vatandoshlariga yo‘llagan televizion murojaatida aytib o‘tdi. 

"Yangi bemorlarning mamlakatimizga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun biz Yevropadan AQSHga bo‘lgan barcha safarlarni 30 kunga to‘xtatib qo‘yamiz. Yangi qoidalar juma kuni, yarim tunda kuchga kiradi”, deydi Tramp.  

Davlat rahbarining qayd etishicha, ushbu taqiqlar o‘zaro saydo aylanmasidagi barcha yuklarga va mayda narsalarga ham tegishli. 

"Sinovdan o‘tgan amerikaliklar uchun istisnolar amalga oshiriladi. Cheklovlar Buyuk Britaniyaga ham taalluqli emas", deya tushuntirdi Vashington ma’muriyati rahbari. 

Bundan tashqari, AQSH Prezidentining ta’kidlashicha, AQSH ma’muriyati Xitoy va Janubiy Koreyadan kelganlarning mamlakatga kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni oldindan olib tashlash imkoniyatini ko‘rib chiqadi. 

"Biz Xitoy va Janubiy Koreyadagi vaziyatni kuzatmoqdamiz, u yerdagi vaziyat yaxshilangani sayin, hozirgi paytda qo‘llanilayotgan cheklovlarni qayta ko‘rib chiqamiz", deydi u.

12 mart holatiga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar dunyo bo‘ylab 126 300 kishini tashkil etmoqda. Ushbu virusdan vafot etganlar esa 4633 nafarga yetdi. 68 285 kishi esa xastalikdan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh koronavirus

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing