Koronavirus sabab to‘ylarni vaqtincha taqiqlash taklif qilinmoqda
Olam
−
28 fevral 2020
15276Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh deputati Baktibek Turusbekov koronavirus avj olayotgani bois mamlakatda to‘y va marosimlarni cheklashni taklif qilda. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.
“Hozir biz to‘y va marosimlar o‘tkazyapmiz. Agar restoranga hech bo‘lmaganda bitta kasallangan kishi kelsa, virusni ko‘pchilikka yuqtiradi. Buni to‘xtatib tursa bo‘lmaydimi?”, deya so‘ragan deputat parlamentga hisobot berayotib.
Qirg‘iziston SSV vaziri Kosmosbek Cholponbayev ilgari ham to‘y va marosimlarni vaqtincha to‘xtatib turish taklifi bildirilganini eslatib o‘tdi. Lekin mamlakatda vaziyat barqaror bo‘lgani bois cheklovlar joriy etilmagan.
“Bunday bo‘lmasin-u biroq, hech bo‘lmaganda bitta fakt qayd etilsa, boshqa mamlakatlardagi singari bolalar bog‘chasi va maktablarni yopishimizga to‘g‘ri keladi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilamiz. Agar tadbirlarni avvaldan taqiqlasak, jamiyat buni qanday qabul qiladi? Biz qonun va xalqaro qoidalar doirasida professional chora ko‘ramiz”, degan Cholponbayev.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusni yuqtirganlar soni dunyo bo‘ylab 83376 nafarni tashkil etmoqda. 2859 kishi vafot etgan, 36585 kishi darddan forig‘ bo‘lgan.
LiveBarchasi