Koronavirus sabab Pentagon rahbarining O‘zbekistonga safari qoldirildi
Olam
−
11 mart 2020
5278AQSH Mudofaa vaziri Mark Esper koronavirus epidemiyasi sababli Hindiston, Pokiston va O‘zbekistonga safarlarini bekor qildi. Bu haqda Pentagon Matbuot xizmati vakili Arissa Farax ma’lum qildi.
“Ehtiyotkorlik sababli mudofaa vaziri Mark Esper AQSHda qolib, Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi kurashda yordam berishiga boshchilik qilish uchun Hindiston. O‘zbekiston va Pokistonga safarlarini keyinroqqa qoldirdi”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonga kelgandi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15