Koronavirus sabab olimpiada o‘yinlari Xitoydan Serbiyaga ko‘chirildi

Sport

image

2020 yilda Xitoyda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan basketbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi olimpiada o‘yinlari Serbiyaga ko‘chirildi. Bu haqda bugun, 27 yanvar kuni Xalqaro basketbol federatsiyasi ma’lum qildi. 

Transferning sababi Xitoy hududida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq xavfsizlik choralari bo‘lgan. Malakaviy musobaqalar to‘rtta shaharda, shu jumladan Xitoyning Foshan shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Endi musobaqa 6-9 fevral kunlari Belgradda bo‘lib o‘tadi. Belgrad ishtirokchi davlatlar uchun qulay sharoitlar va vizasiz kirish tufayli tanlangan. 

Saralash musobaqasida 16 jamoa ishtirok etadi, Xitoy, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Janubiy Koreya jamoalari Foshan shahrida o‘ynashadi. 

Avvalroq, Xitoy Hukumati aprel oyiga qadar mamlakatda barcha sport musobaqalarini o‘tkazishni to‘xtatgan edi. Bularga boks bo‘yicha Olimpiya saralash turniri (3-14 fevral), ayollar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha olimpiada musobaqasi (6-11 mart), Butunjahon boks kengashi (WBC) va Jahon boks tashkiloti (WBO) versiyalari bo‘yicha jahon chempioni unvonini olish uchun kurash kiradi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, XXRda koronavirusga chalinganlar soni 2,8 ming kishidan oshdi, 81 kishi vafot etdi. Infeksiya asosan Xubey provinsiyasi va uning ma’muriy markazi Uxanda kuzatilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing