Koronavirus sabab, “Liverpul” Osiyodagi turnirda ishtirok etishdan bosh tortdi

Sport

image

Koronavirus sabab, Mersisaydning "Liverpul" klubi mavsum oldidan Sharqiy Osiyo turnirida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bundan avval, mavsum oldidan "Liverpul" klubi Sharqiy Osiyo turnirida ishtirok etish uchun muzokara olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, koronavirus sabab, "Liverpul" klubi ushbu musobaqada ishtirok etmaydigan bo‘ldi. 

Ma’lumot o‘rnida, So‘nggi bor, 2017 yili yoz oyida "Liverpul" Premier League Asia Trophy turnirida ishtirok etgan edi. O‘shanda, mersisaydliklar bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Xitoyda 80 mingga yaqin kishi koronavirus epidemiyasini yuqtirib olgan. Ushbu virus sabab, 3 mingga yaqin inson vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Koronavirus

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing