Koronavirus sabab “Liverpul” chempionlik unvonidan quruq qolishi mumkin

Sport

−

visibility13340 timer1 daqiqa

image

Agar koronavirusning tarqalishi tufayli mavsum qisqartiriladigan bo‘lsa, “Liverpul” ushbu mavsumda APL bosh sovrinini qo‘lga kiritolmasligi mumkin.

Nashrning ta’kidlashicha, kasallikning tarqalishi Buyuk Britaniyada ikki oy davomida barcha sport turlarini bekor qilish ehtimolini oshirdi. Bu chempionatlar o‘yinlarining bir qismini o‘tkazilmasligiga olib keladi.

Agar Angliya Premer-ligasi mavsumi to‘xtatilsa, klublarning hozirgi natijalari saqlanib qolinishi yoki bekor bo‘lishi borasida muzokara olib boriladi.

Turnir menejmenti Yevropa musobaqalarida Angliyaning qaysi klublari mamlakat sharafini himoya qilishini hal qilishi kerak bo‘ladi. 

APLning 27-turidan keyin turnir jadvalida “Liverpul” yetakchilik qilmoqda. Jamoada 79 ochko bor.


Maqola muallifi

Sarvar Rahimov

Baholaganlar

423

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing