Koronavirus sabab La Liga ikki haftaga to‘xtatildi

Sport

image

Koronavirus epidemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Ushbu virus sportga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Italiya A seriyasidan keyin, Ispaniya chempionati ham koronavirus sabab ikki haftaga rasman to‘xtatildi. “Real Madrid” basketbol jamoasi a’zosining koronavirusga chalingani bunga sabab bo‘lmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus epidemiyasi tufayli Italiyada vaziyat og‘irlashgani bois, A seriya chempionati qoldirilgani haqida xabar bergan edik.

Ayni damda, 128 058 inson koronavirusga chalingan. 4717 nafar odam ushbu virus tufayli vafot etgan. 68 337 inson CoVID-19 virusidan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Ispaniya La liga

Baholaganlar

26

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing