Koronavirus sabab imtihondan qolgan abituriyentlar qachon test topshirishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

COVID-19 ga chalingan abituriyentlar uchun qayta test topshirish tartibi tasdiqlandi. Tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan va imtihonga kiritilmagan abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng topshirishadi.

Davlat test markazi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining “COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini inobatga olib 2021/22 yilgi o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish uchun test sinovlarini o‘tkazishda sanitariya-epidemiologiya talablarini belgilash tartibini tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan va test sinovlariga kiritilmagan abituriyentlarga imtihonlar o‘tkazilayotgan hududda DTM hamda SEO va JS vakili tomonidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, koronavirus kasalligi tasdiqlanib, davolanayotgan abituriyentlar yoki ularning vakillari tomonidan respublika bo‘yicha test sinovlari to‘liq (16 avgust) yakunlangunga qadar DTMga onlayn ariza va tegishli hujjatlar bilan murojaat qilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng 3 kun ichida SEO va JSga tekshirish uchun beriladi.

Ma’lum qilinishicha, test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 14 kun ichida mazkur toifadagi abituriyentlar uchun qayta test sinovlari tashkil etiladi.

Bunda o‘rnatilgan tartibda ariza bilan murojaat qilgan va to‘liq sog‘aygan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar SEO va JS tomonidan test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kundan 4 kun avval Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Muhim! Qayd etilishicha, qayta tashkil etilgan test sinovlarida tana harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan va test sinovlariga qadar to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon koronavirus

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing