Koronavirus sabab dunyodagi eng baland bino qurilishi to‘xtab qoldi
Olam
−
07 aprel 2020
11076Dunyodagi eng baland bino bo‘lishi kutilayotgan Dubai Creek Harbour qurilishi koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qoldi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) yirik developeri Emaar Properties qattiq karantin sabab Dubaydagi barcha loyihalarida ishlarni vaqtincha muzlatib qo‘ydi. Bu shahardagi Dubai Creek Harbour binosining qurilishiga ham ta’sir qildi. Bino dunyoda hozircha eng baland hisoblaanuvchi Burj-Xalifadan (828 metr) 100 metr balandroq bo‘lishi rejalashtirilgan.
Bir milliard dollarga baholanayotgan bino 4 yillik qurilishdan keyin, bu yil Expo-2020 xalqaro ko‘rgazmasiga qurib bitkazilishi kerak edi. Minorani ispan-shveysar me’mori Santyago Kalatrava loyihalashtirgan.
LiveBarchasi