Koronavirus pandemiyasi 7 yil davom etadi – OAV 

Olam

image

Koronavirus pandemiyasi butunlay yo‘q bo‘lib ketishi uchun dunyo aholisining to‘rtdan uch qismi vaksina bilan emlanishi kerak, bu esa taxminan yetti yil davom etadi. Bu haqda "Bloomberg" ma’lumot bergan. 

Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirgi kunda dunyoda kuniga 4,5 million kishi emlanmoqda. 

Har bir bemor ikki dozadan vaksina qabul qilishi hisobga olinsa, dunyo aholisining 75 foizini emlash uchun yetti yil kerak bo‘ladi. 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, AQSH bu vazifani 11 oy ichida uddalaydi. 

Ayni paytda fuqarolarning aksariyati Isroil (har 100 kishiga 58 dozadan) va BAAda (har 100 kishiga 35,8 dozadan) emlanmoqda. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 105 mln 935 ming 704 nafarni tashkil etmoqda. 2 mln 309 ming 486 nafar bemor virusdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

526

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing