Koronavirus xavfi: Rossiya Turkiya bilan aviaqatnovlarni 1,5 oyga chekladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Federatsiyasi yangi koronavirus infeksiyasini olib kirilishining oldini olish uchun 15 apreldan 1 iyungacha Turkiya bilan muntazam va charter reyslarni cheklamoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Bosh vazirining o‘rinbosari Tatyana Golikova kecha, 12 aprel kuni hukumat uyida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilgan.  

"Biz Rossiyaning xalqaro aeroportlaridan Turkiya aeroportlariga va teskari yo‘nalishda muntazam va charter reyslarni joriy yilning 15 aprelidan shu yilning 1 iyunigacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildik. Titan-2 konsern-aksiyadorlik jamiyatining atom elektr stansiyasini qurishda ishtirok etishi uchun zarur bo‘lgan holatlar bundan mustasno”, deydi Golikova.

Uning qayd etishicha, o‘zaro asosda haftasiga ikkita Istanbul – Moskva, Moskva – Istanbul reyslari davom ettiriladi. 

Bundan tashqari, Rossiya va Tanzaniya o‘rtasida ham parvozlar 15 apreldan 1 iyungacha to‘xtatiladi. 

"Epidemiologik ma’lumotlar tahlili asosida biz Tanzaniya Birlashgan Respublikasi bilan parvozlarni to‘xtatishga qaror qildik”, deydi Bosh vazir o‘rinbosari.

Agar ushbu mamlakatlarda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashsa, Tanzaniya va Turkiya bilan havo qatnovi tiklanadi. 

Ayni vaqtda turoperatorlarga ushbu muddat davomida Rossiya Federatsiyasi hududidan Turkiyaga chiptalarni sotishni to‘xtatish tavsiya etilmoqda. Golikova bu qarorga ruslar hayotini, shuningdek mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq barqaror vaziyatni saqlab qolish uchun kelingan, deb tushuntirdi.  

"Tezkor shtab havo qatnovi ochiq bo‘lgan mamlakatlarda infeksiyaning tarqalishini doimiy ravishda kuzatib boradi va ushbu tahlil asosida tezkor shtab epidemiologiya yomonlashgan taqdirda aviatsiya transportining ochilishi yoki cheklanishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi”, deya qo‘shimcha qildi u. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 500 mingdan ortiq rossiyaliklar 15 apreldan 31 maygacha bo‘lgan davrda Turkiyaga sayohat uchun tur-paketlar buyurtma qilgan. Ularning umumiy qiymati 32 milliard rublni tashkil etadi. Rossiyalik sayyohlar orasida Tanzaniyaga bo‘lgan talab sezilarli darajada past – faqat aprel oyi va may oylari uchun 6-7 ming sayyohat buyurtma qilingan.

Joriy yilning 8 va 9 aprel kunlari Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi butun pandemiya davrida koronavirus infeksiyasining kunlik eng katta o‘sishini qayd etdi – kuniga 55 mingdan ortiq holat. 11 aprel kuni Turkiya koronavirus yuqtirish holatlari soni bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinni egalladi (3 798 333). Shu bilan birga, 8 aprel kuni Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova yangi koronavirus shtammlarining ko‘pi Rossiyaga Turkiyadan kirib kelayotganini ta’kidladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

32

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing