Koronavirus: kecha 900 ga yaqin odamda virus aniqlandi, 7 bemor vafot etdi

Jamiyat

image

2021 yil 20 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 148203 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 881 kishida koronavirus aniqlangan.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 83 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 43 nafari Andijon viloyatida,
  • 24 nafari Buxoro viloyatida,
  • 45 nafari Jizzax viloyatida,
  • 33 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 15 nafari Navoiy viloyatida,
  • 42 nafari Namangan viloyatida,
  • 89 nafari Samarqand viloyatida,
  • 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 85 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 87 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 25 nafari Xorazm viloyatida,
  • 92 nafari Toshkent viloyatida,
  • 194 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 108 nafar
  • Buxoro viloyatida 29 nafar,
  • Jizzax viloyatida 42 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 34 nafar,
  • Navoiy viloyatida 21 nafar,
  • Namangan viloyatida 40 nafar
  • Samarqand viloyatida 177 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 89 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 83 nafar,
  • Xorazm viloyatida 30 nafar,
  • Toshkent viloyatida 87 nafar,
  • Toshkent shahrida 113 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 140941 (+853) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1015 nafarni tashkil qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing